Главная » Статьи » Qiziqarli ma'lumotlar » Erkaklarga maslahat

Qizlarga gap otish usullari
Ko’chada ketayotgan go’zal qizni ko’rib, unga
tikilib qolasiz. Ammo, nimadur sizni uning yoniga
borib, tanishishdan qaytaradi. «Borib nima
deyman?» — deya o’zingizga savol berasiz.
Quyida sizga qizlarga gap otishning ko’plab
ishonchli namunalari keltiramiz. Marhamat! smile

-Sizga erishish uchun navbatga turaman.

-Ortingizda barno yigit turganidan hijolat
tortmaysizmi?

-Sizga er kerakmi? (Yo’q.). -Unda menga siz
keraksiz.

-Bu yerda vagon-restoran qayerda? (Metroda).

-Soat nechaligini aytolmaysizmi? (Sakkiz).-1.
Ertalabkimi yoki kechqurungi? 2. Ha,
hohlaganimmi?

-Yaxshi qiz, to’xtang, sumkangizdagi nima?
Bomba emasmi? Hozir urf bo’lganda.
Ha, do’kondan harid qilib kelayapsizmi? Qalay,
yaxshimi?

-Sochlaringiz buncha jozibali! Yarimini kesib
bering.

-Yaxshi qiz, kelishgan, bo’ydoq yigitlarni
yoqtirasizmi? Yo’g'e, men o’zim emas, do’stim
haqida aytayapman. Uning yaxshi ko’rgan qizi -
shallaqi tashlab ketdi. Siz shallaqi emasmisiz?

1.(Yo’q).- Yaxshi do’stim unda kutib turadi.
Xo’sh, endi o’zim uchun qiziqaman.

2.(Ha).- Ajoyib. Lekin do’stimga to’g’ri
kelmaydi, menga esa to’g’ri keladi. Shunaqalarni
yoqtiraman.

-Yaxshi qiz, oyoq-kiyimi kir yigitlar bilan
tanishasizmi? (Yo’q).- Men tozaladim. Menga
mumkin)

-To’xtang. Muhim gapim bor. Suyukli yoringiz
bo’lishini xohlaysizmi?

-Nega menga bunday ajablanib qarayapsiz? Ha,
ha chap ko’zim o’ngiga qaraganda qo’polroq.

-Siz hammaga shunaqa qaraysizmi yoki faqat
yoqtirib qolganlarizgami?

-Siz doim kechqurun shu yerdan bir vaqtda
yurasizmi?

-Siz hozir tushasizmi? Rostdanmi? Qarang-a,
men ham tushaman. Do’mbira chala olasizmi?
Siz ham yo’qmi, men ham yo’q. O’xshash
tomonlarimiz ko’p ekan-a?!

-Yaxshi qiz, qayerga ketayapsiz? U yerda siz
bilan hech kim tanishmaydi. Hamma barno
yigitlar bugun shu yerda.

-Yaxshi qiz, siz kimni kutayapsiz? O’g’il bolami,
qiz bolami? Necha oylik?

-Shunday romantik joyda bir o’zingiz yurishga
uyalmaysizmi??? Yuring, birga aylanamiz.
(Qo’lingizni tutib).

-Bu yer juda ko’rkam joy ekan. Xusnu-
jamolingizga juda mos ekan.

-Siz menga ko’proq yoqasizmi yoki men
sizgami, nima deb o’ylaysiz?

-Namuncha, ko’zlaringiz odamni teshib yuboray
deyapti.

-Siz kimnidir kutayapsizmi? Unda men sizni har
xil shilqimlardan himoya qilib turaman.

-Xozir siz meni chimchilab oldingizmi?
(Transportda).

-Salom, Guli. Uzr kech qoldim. Sen Guli
emasmisan? Baribir salom.

-To’xtang, biz bir-birimizga tikilib, tanishishni
esdan chiqarib qo’yipmiz. Boshidan boshlaymiz.

-To’xtang, bu meniki. Yurakni bilmadim-u, lekin
qo’lingizni so’rayman. (Qo’lingizni cho’zib,
salomlashasiz).

-Tabassumingiz chiroyli ekan. Yana bir kuling.

-Kulishdan nega to’xtadingiz, endi seva
boshlagan edim.

-Men ham sizga shunday qaraganimda, siz ham
qo’rqib ketar edingiz.

-Siz bilan qayerda ko’rishganmiz,
eslolmaysizmi?

-Sizga nozik iltimosim bor. Men qizlar bilan
tanishishni o’rganmoqchiman. Ayol kishining
fikri kerak. Yordam bera olasizmi?

-Anavi o’tirgan mening do’stim va uning
sevgilisi. Ular bir-biriga mosmi? (Begona juftlik
ham bo’lishi mumkin).

-Biz bir-birimizga munosib juftlik bo’la
olamizmi?

-Visolimga yetishish uchun shoshib kelayotgan
qizni ko’rish naqadar ajoyib. Salom.

-Nechtasini javobini berdingiz? Men esa
uchtasini. Qizlar ham betsiz bo’lib ketishganda.

-Siz bilmaysizmi, nega bugun qizlar menga
bunday ajablanib qarashyapdi?

-Nega bunday qarayapsiz? Uylantirib
qo’ymoqchimisiz?
Категория: Erkaklarga maslahat | Добавил: sharmandaucoz (16.10.2018)
Просмотров: 356 | Теги: qizlarga gap otish usullari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar