Главная » Статьи » Extirosli Kutubxona » Super latifalar )) seks haqida

tongi sms
Soat 6:00. Robiyani telefoniga
navbatdagi SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi
yotib turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS
yozdim))”.
Bu SMS lar Robiyaga tanish, har
kuni bir vaqtda, bir xil SMS
keladi. Robiya ham o’z
navbatida Sobirga bir xil javob
yozadi. Faqat uniki aynan bir
vaqtda emas. Har hilroq,
nechidir minutga farq qiladi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham
Xayirli tong! Rahmat juda zo’r
uhladim. Sog’inchim, zarracha!)
)”...
Ha. Bu ularni har kungi
salomlashish SMS lari desa
bo’ladi. Sobir va Robiya bir birini
3 yildan beri tanishadi. Ular
avtobusda to’sattan bir voqea
sabab tanishib qolishgan.
Ushanda Robiyaga ikki mast
yigit gap otib, unga tegajorlik
qilishvotgandi. Avtobusdagi
odamlar, yigitlar ichib
olganigami, yoki ulardan
qo’rqibmi, o’zi odam ham kam
edi. Yo’q, konduktor e’tiroz
bildirgandi, bir narsalar dib
so’kishdi, keyin biletingni
sotginam diyishdi. Sobir
orqaroqda o’tirgandi. Bu
gaplardan keyin o’rnidan turib,
ularni oldiga keldi. Ozgina
janjal, keyin pastga tushishdi.
Avtobus yo’lida davom etdi.
Sobir ular bilan alohida
gaplashdi... Robiya avtobus
oynasidan qarab qoldi... Robiya
tikuvchilik fabrikasida tikuvchi
bo’lib ishlaydi. Har kuni bir
vaqtda shu avtobusda uyga
qaytadi. Sobir ham usha
atrofda institutda o’qiydi. Uni
ham darslari tugagandan keyin
shu vaqtda, shu avtobusda
uyga qaytadi. Ertasi kuni Sobir
avtobusni orqa o’rindig’ida
o’tirib kevotganda yoniga bir
qiz keldi. Boshida u ahamiyat
bermadi. Yonida joy bo’sh edi.
Lekin qiz Sobirga qarab turardi.
U qiz Robiya edi. Sobir qiz unga
tikilib turganiga o’zini g’alati his
qildi. Keyin qizga:
- Kechirasiz. O’tirmoqchimisiz.
Marhamat (shunday deb
o’rnidan turdi)
- Yo’q. Sizga rahmat
etmoqchidim.
- Joy berganimgami?
- Yo’q. Mani tanimadizmi?
- ... (Sobir o’ylanib qoldi)
- Kecha mani bezorilardan
himoya qilgandiz. Begona
bo’lsez ham.
- Ha. Kechamidi. Uzr. Sizga
qaramagan ham ekanman.
Bemalol. Nega endi begona
ekansiz. Man barchani o’z
yaqinimde ko’raman. Sizga
yordam berganimdan
hursandman.
- Kecha sizga rahmat
etolmaganimga rosa uyalib
yurdim.
- O’zi rahmat etishizga imkon
bo’lmadiku. Tushib ketdik.
- Ha. Lekin baribiram. Bugun
sizni ko’rib rosa hursand
bo’ldim. Yonizga kelib, nima dib
gap boshlashni ham bilmadim.
Yana bir bor rahmat...
Bu ikkinchi uchrashuv. Lekin
birinchi suhbat. Shu holatdan
keyin avtobusda bir birlarini har
kun ko’radigan bo’lib qolishdi.
Ismlarini etishdi... telefon
raqam... endi telefonda
suhbatlar... (bir qancha vaqt,
taxminan 1 yilcha o’tdi, Sobir
o’qishni tugatib, ishga kirdi)
- Allo. Robiya. Salom.
- Assalomu Alekum.
- Sizga bir gap etmoqchidim.
- Qanaqa gap.
- Sizni sansirab gapirsam
maylimi?
- Hop. O’ziz bilasiz (Robiya
o’ylanib qoldi. Nega
sansiramoqchi dib)
- Hozir o’ylanib qolding.
To’g’rimi? Sababi, man o’zimga
yaqin olganlarimni barchasini
sansirab gapiraman. Qizlarni
nazarda tutvomman. Bunga
sinfdoshlarim, kollejdagi
kursdoshlarim erishgan.
Institutdagilar ham erisha
olmadi. Ularni sizlab
chaqiraman. Usha oxirgilari
kollejdagilar bo’lib qolgandi.
Man endi shucha paytdan keyin
san erishdin. Agar
hohlamasang, sizlab ham
chaqiraveraman.
- Yo’q, man sansirab
chaqirishizni hohlayman
(Robiya o’zi bilmagan holda shu
gaplarni etvordi)
- Hursandman. Mayli keyinroq
telefon qilaman.
- Hop
Yana 2 yil o’tdi. Sobir har kuni
soat 6:00 da SMS yozadigan
bo’ldi. Bir hillarida kechroq ham
yozardi. Uhlab qolishi, yana
boshqa sabablar... lekin ko’proq
6:00 da. Lekin so’ngi paytlar,
yengi telefon olganidan keyin
roppa rosa 6:00da kelardi.
Yuboradigan SMSi:
“Salom. Xayirli tong! Yahshi
yotib turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS
yozdim))”.
3 yil ichida ularni orasida qalin
munosabat uyg’ongandi. Lekin
ular buni sevgimas dib o’ylirdi.
Aslida sevgidan boshqa nima
bo’lishi mumkin? SMSda
sog’inch haqida yozilvoti. Qiziq.
Rostan ham bir birini
sog’inisharmidi bir uyquda. Bu
savol Sobir va Robiyaga ham
qiziq edi. Sobir unga SMS yozdi.
”Robiya. Yaqinginam. Sandan
bir narsa so’rayman, rostini et.
Man sanga shuncha SMS
yozaman. Sog’inmadingmi dib.
San zarracha diysan. Rostan
ham zarracha sog’inasanmi?
Shu manga qiziqde.”
Robiya javob yozdi:
“Bilasizmi? Siz bilan
uhlashimdan oldin gaplashib
bo’lganimdayoq sog’inishni
boshlayman. Shuning uchun,
sog’inchimni oz bo’lsa ham
jilovlash uchun, tushlarimda
ham sizni ko’rishga harakat
qilaman.Zarracha deganim, har
narsa zarrachalardan tashkil
topgan. Zararachalar
bo’lmaganda ulkan narsalar
ham bo’lmasdi. Siz ham mani
sog’inasizmi? Doimo o’ziz
so’riysiz, lekin hich sani
sog’indim dimiysiz”.
Sobir javob yozdi:
“Sanchalik sog’ina
olmasakanman. Sani
sog’inching zarrachadek bo’lsa,
maniki shunaqangi yuqoridaki,
uni hich kim hali his qilmagan
ekan. Mandan boshqa. Lekin
uhlavotganimda sani sog’inib
uyg’onib ketganimda, ko’rishim
uchun xonamni har devoriga
sani rasmningni osib
chiqganman. Qaysi tomonga
qarasam ham, sani ko’raman.
Faqat sani”.
Mana bu sog’inch. Ta’rifga
so’zlar ojiz. Bunday sog’ichlilar
bir birini sevmidi dib etib
bo’ladimi? Baribir ichidagisini
etishi kerak. Sobir
birinchilardan chiday olmadi. Va
uchrashuvga taklif qildi. Sovg’a
didi. Uzuk ham sotib oldi.
Uchrashuvni bitta kafega
belgiladi. Sevgi izhorni ham
orginal qilmadi. Uzukni olib,
Robiyani barmog’iga taqib
qo’ya qoldi. Robiya tushunmay
ham qoldi. Sobir: “Man sani
sevaman, manga turmushga
chiq” dib, suhbatni tugatib
qo’ya qoldi. Manimcha bunga
ham ancha kuch va iroda
to’plagandir.... osonmas etish.
Robiya bir og’iz javob qaytara
olmadi. Uzukni olib qolgani, bu
qabul qilganide. Sobir ham
shunday o’yladi.
Kafedan chiqib, bekatga
borishdi. U yerda bir qari
kampir turgandi. Qo’lida og’ir
sumka. Bozordan kevotganga
o’xshiydi. U Sobirdan uni
uyigacha olib borishini iltimos
qildi. Sobir yo’q diya olmadi.
Kampir uni bu yerdan uncha
uzoq emas ekanini etib o’tdi.
Robiya ham ular bilan birga
ketdi. Yo’lda kampirni tilidan
duo tushmadi. Rostan ham
uzoq emas ekan. 5 daqiqada
yetib borishdi. Kampirni bir
pioyola choyga taklifni rad
etishdi, kech qovomiza dib,
bahona qilib ketishdi. Kampir
yana duo qilib qoldi.
Категория: Super latifalar )) seks haqida | Добавил: sharmandaucoz (06.10.2018)
Просмотров: 104 | Теги: seks haqida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar