15:36
Armonim

Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim.

Qani ul qayrilma qosh Kumush, demang,
Bag'ri gul, bag'ri otash Kumush demang,
Ko'zlaringiz nega yosh, Kumush, demang,
Bir ko'ray, Zaynab bilan qoling, begim.

Sig'madim kundoshning bu tosh shahriga,
Dosh berolmam bu qaroshlar zahriga.
Yordan ayrildim qaro yer bag'riga
Jo bo'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Sen nechun to'lg'onasan kuygan ko'ngil,
Otabekni jonidan suygan ko'ngil.
Yashnagaymi bir quchoqda ikki gul -
Men so'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Yorginam ruxsoriga jonim fido,
Bu jahonda boriga jonim fido.
Xayr, ey, shirin zabonim, alvido!
Men o'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim!

Просмотров: 91 | Добавил: OYBEK | Теги: Armonim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Biz bilam Aloqa